11:42 / 03.06.2021
1569
Samarqandda 28 yoshli ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand shahrida 28 yoshli ayolni shahvoniy maqsadlar uchun sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 23 may kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Samarqand shahar Spitamen shohko‘chasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.N. va 1988 yilda tug‘ilgan K.B. Nurobod tumani Ulus mahallasida yashovchi, 28 yoshli B.B.ni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun Turkiya davlatiga yubormoqchi bo‘lib, tadbir ishtirokchilaridan 800 AQSh dollarini olib, uning fuqarolik pasportini sotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top