Samarqand viloyati Past Darğom tumanida tanişiga Turkiyadan iş topib berişni va'da berib, uni 1 000 AQŞ dollariga boşqa bir şaxsga sotayotgan erkak uşlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil aprel oyining boşlarida 28 yoşli A.Halim tanişi 37 yoşli I.Orziguldan Turkiya davlatida şahvoniy maqsadlarda foydalanişni niyat qilgan va aldov yöli bilan uning işonçiga kirgan. Unga Turkiyadan yaxşi iş topib berişi va u yerga ketişida ham yordam berişini va'da qilib, unga tegişli fuqarolik pasportini egallab olgan.

Söng I.Orzigulni fuqaro S.ga 1 000 dollar evaziga sotişga kelişgan. 2021 yil 27 aprel kuni soat 22:00larda Past Darğom tumani Tinçlik mahallasida joylaşgan kafelardan birida fuqaro S. bilan savdolaşib, 1 000 dollardan 800 dollarini olayotgan vaqtida viloyat IIB TEQKB va Past Darğom tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Past Darğom tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan A.Halimga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.