Toşkent viloyati IIBB Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarşi kuraşiş bölimi va Böka tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan boğliq holatga çek qöyildi.

IIBB axborot xizmati xabariga köra, joriy yil 13 may kuni ötkazilgan tezkor tadbir davomida, Böka şahrida yaşovçi er-xotin, 1989 yilda tuğilgan Zokir va 1995 yilda tuğilgan Komila (tört nafar farzandi bor, ism şariflar özgartirilgan) oldindan jinoiy til biriktirib, Toşkent viloyatida yaşovçi, moddiy jihatdan qiynalgan ayollarga, xususan, 1999 yilda tuğilgan Madina va 1994 yilda tuğilgan Muxlisaga Turkiyada mömay daromad tölanadigan iş topib berişi, yordam sifatida yöl xarajatlarini öz hisobidan qoplab berişini va'da qiladilar.

Dastlabki suriştiruvlar davomida ularning maqsadi ayollarni Turkiya davlatiga fohişalik uçun yuboriş ekani, Zokirning turmuş örtoği Komila 2021 yil aprel oyida eri bilan oldindan kelişgan holda Turkiya davlatiga jönab ketgani va turmuş örtoği olib borişi kerak bölgan ayollarni kutib olişi rejalaştirilgani aniqlandi. 

Zokir ayollarni I.Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportidan Toşkent-Istanbul aviareysi orqali Turkiyaga olib ketayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan uşlandi.

Mazkur holat yuzasidan Böka tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,135-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi.