10:21 / 07.06.2021
727
Samarqandda xotiniga tegishli fermer xo‘jaligi yerini 5 000 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Tayloq tumanida fermer xo‘jaligi yerini 5 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Tayloq tumani «T.D.» fermer xo‘jaligi ishchisi Yu.J. o‘zining turmush o‘rtog‘i rahbarligidagi fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 10 sotix yer maydonini fuqarolardan biriga firibgarlik yo‘li bilan sotayotganda ushlangan. U oldindan kelishilgan 5 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top