Samarqand viloyati Urgut tumanida fermer xöjaligidan ijaraga olingan yer maydonini sotmoqçi bölgan firibgarlar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.Q. va B.A. qarindoşi M. tomonidan fermer xöjaligidan ijaraga olingan yer maydonini sotayotganda uşlangan. Ular 60 sotix yer maydonini «M.» xususiy korxonasi rahbariga firibgarlik yöli bilan 9 000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, şundan 5 000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Samarqandda fermer xöjaligiga tegişli yerni 50 ming dollarga sotmoqçi bölgan firibgarlar uşlandi











