Samarqand viloyati Samarqand tumanida fermer xöjaligi rahbari boşçiligidagi guruh 4 gektar yerni 28 ming AQŞ dollariga sotayotganda uşlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Samarqand tumanida yaşovçi fermer N.H. özining tanişlari Ş.A. va MMTP rahbari F.X. bilan jinoiy til biriktirib, F.A.ga, özi rahbar bölgan fermer xöjaligi yeridan 4 gektar yer maydonini ajratib berişlarini va'da qilgan. Söng uning işonçiga kirib, tuman hokimiyatida işlovçi mansabdor tanişlarini manfaatdor qilişini aytib, uni pora berişga dalolatçilik qilib, 28 ming dollar miqdoridagi pullarni firibgarlik yöli bilan öz xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan 2021 yil 29 may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy iş qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta'kidlanişiça, 2021 yil 31 may kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat prokurori Ravşan Maşaripov, DXX viloyat boşqarmasi boşliği Abduğofur Ahmedov boşçiligida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça viloyat idoralararo komissiyasining sayyor tartibdagi yiğilişi ötkazilgan. Unda Samarqand tumani fuqarosi tomonidan sodir etilgan jinoyat hokimlik, jamoatçilik va komissiya a'zolarining iştirokida muhokama qilinib, tegişli çora-tadbirlar belgilab olingan.











