Samarqand viloyatida fermer xöjaligiga tegişli yerni 50 000 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan firibgarlar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

DXX hamda Boş prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, «D.» fermer xöjaligi rahbari I.T. va boşqalar oldindan til biriktirib, xöjalikning 1 gektar yerini firibgarlik yöli bilan sotayotganda uşlangan. Ular yerni fuqaro A.ga 50 ming dollar hamda 1 dona Nexia-3 avtomaşinasi evaziga sotişni rejalaştirişib, undan 50 ming dollarni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan I.T. va boşqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.