16:45 / 17.06.2021
886
Samarqandda soxta hokimiyat vakili 6700 dollar evaziga yarim sotix yer olib bermoqchi bo‘ldi

Samarqand viloyati Samarqand tumanida yarim sotix yerni 6700 AQSh dollari evaziga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.S. «X.» MChJ rahbariga o‘zini tuman hokimligi xodimi sifatida tanishtirib, unga tuman tibbiyot birlashmasi yonidan savdo do‘koni qurish uchun yarim sotix yer maydoni olib berishni va'da bergan. So‘ng 6 700 dollar olib, shundan 3 000 dollarni o‘z ixtiyori bilan qaytargani holati protsessual rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top