Samarqand viloyati Tayloq tumanida fermer xöjaligi yerini 5 000 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan fuqaro uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Samarqand viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Tayloq tumani «T.D.» fermer xöjaligi işçisi Yu.J. özining turmuş örtoği rahbarligidagi fermer xöjaligiga tegişli bölgan 10 sotix yer maydonini fuqarolardan biriga firibgarlik yöli bilan sotayotganda uşlangan. U oldindan kelişilgan 5 000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.