Samarqand şahrida soxta hujjatlar bilan qilingan quriliş yuzasidan jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Samarqand viloyat hokimligi tomonidan viloyat prokuraturasiga Samarqand şahrining Minsk köçasida olib borilayotgan quriliş işlarining qonuniyligini örganiş böyiça taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomaga köra, viloyat prokuraturasi «Townhouse» uslubida uy-joy, bolalar boğçasi hamda savdo binolari qurilişi işlariga ruxsat beriş holati böyiça hujjatlarni örgangan va bir qator qonunbuziliş holatlarini aniqlagan.

Örganiş davomida mazkur manzilda quriliş işlariga ruxsat beriş yuzasidan hujjatlar soxtalaştirilganligi holati böyiça Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilgan.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur iş yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Uning natijasi haqida batafsil ma'lumot beriladi.
Qaşqadaryoda noqonuniy qurilayotgan binolar haqida ma'lumot berildi












