09:42 / 14.07.2021
657
Surxondaryoda Malibu mashinasini olib beraman, deb fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida Malibu mashinasini olib beraman, deb fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 3 iyun kuni, Qumqo‘rg‘on tumani Oqsoy mahallasida yashovchi, Y.Muhayyo Denov tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida 2021 yil 25 may kuni Denov tumani Sanoatchilik mahallasida yashovchi, E.O‘tkir uning ishonchiga kirib, Malibu mashinasini olib berishini aytib, 362 million so‘m pulni olib, o‘zlashtirib ketganini bildirgan.

Qayd etilishicha, 2 iyul kuni Denov tumani IIB tomonidan E.O‘tkirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top