Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grenlandiya o‘z hududida neft, gaz va uran qazib olishdan voz kechdi
Orol hukumati neft, gaz va uran qazib olish «bahosi»ni ekologik jihatdan juda qimmat, deb hisoblamoqda.
Grenlandiya hukumati o‘z hududida neft, gaz va uran qazib olishdan voz kechish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Orol hukumati bundan buyon konlarda ish olib borish uchun litsenziya bermaydi.
Daniya va Grenlandiya geologiya xizmatlarining (GEUS) tadqiqotiga ko‘ra, Grenlandiyaning g‘arbiy sohilida qiymati 18 mlrd kronaga (2,87 mlrd) teng konlar joylashgan.
Ammo orol hukumati neft, gaz va uran qazib olish «bahosi»ni ekologik jihatdan juda qimmat, deb hisoblamoqda.
«Ushbu qaror tabiatimiz, baliqchiligimiz, turizm sanoatimizni o‘ylab qabul qilindi»,— deyiladi hukumat xabarida.
Hozirda Grenlandiyada neft qazib olish uchun to‘rtta litsenziya amal qiladi, deya qayd etadi Reuters. Barcha litsenziyalarning muddati 2027-2028 yillarda tugaydi.
Mavzuga oid
10:41 / 30.01.2026
Venesuela neft sohasini xususiy investorlar uchun ochdi
20:27 / 29.01.2026
AQSh Eronga hujum qilmoqchi: Amerikaning motivlari va shartlari nimalar?
23:14 / 26.01.2026
Tramp impichment tahdidi tufayli Grenlandiyaga harbiy bosqindan bosh tortdi – OAV
12:52 / 24.01.2026