08:05 / 22.07.2021
10690
Toshkent ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama sinovdan o‘tkazilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama paydo bo‘lgani to‘g‘risida videolavha tarqaldi. IIV YHXB ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, yo‘llarda nazoratni ta'minlashda inson omilini cheklash, fuqarolar bilan muloqotni qisqartirish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlarda "Tracker" rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga o‘rnatilgan moslama aks etgan videolavha tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga mo‘ljallangan. Hozirda sinov tariqasida qo‘llanilib, tajribadan o‘tkazilmoqda”, deyiladi ma'lumotda. 

Qayd etilishicha, tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda qo‘shimcha ma'lumot beriladi.    

Top