17:23 / 29.07.2021
966
Xorazmda fuqarolarning sport o‘yinlariga pul va mol-mulkini tikishga jalb etish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning sport o‘yinlariga pul va mol-mulkini tikishga jalb etish holati aniqlangan.

Jumladan, fuqaro J.M. noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, internet tarmog‘ida asosiy faoliyati tavakkalchilikka asoslangan onlayn platforma orqali fuqarolarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarini sport o‘yinlariga pul tikish yo‘li bilan qo‘lga kiritib, evaziga o‘zi va farzandlari nomiga 4 ta turar-joy va 3 ta avtotransport vositalarini rasmiylashtirib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgani aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top