11:40 / 27.08.2021
10837

O‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Tokioda kumush medal oldi

Para-yengil atletikachi Asila Mirzayorova Tokiodagi Paralimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: Emilio Morenatti / thederrick.com

27 avgust kuni para-yengil atletika dasturining T11 klassida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Mirzayorova 4.91 metr natija ko‘rsatgan holda 2-o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. 1-o‘rinni braziliyalik Kosta de Oliveyra (5 m) egallagan bo‘lsa, 3-o‘rinni ukrainalik Yuliya Pavlenko (4,86 m) egalladi.

Asila Mirzayorova o‘zining shaxsiy rekordini ham yangiladi.

Asila Mirzayorova O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi medalni taqdim etdi. Musobaqalarning birinchi kunida suzuvchi Islam Aslanov 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Top