Asila Mirzayorovani köpçilik Tokio Paralimpiya öyinlarida uzunlikka sakraş böyiça kumuş medal sohibi bölganidan beri yaxşi taniydi. U 2021 yilda Özbekistonda “Yilning eng yaxşi matonatli ayol sportçisi” deb e’tirof etildi.
Asila ayni paytda keyingi Paralimpiya öyinlarida oltin medal oliş uçun harakat qilyapti. Sportçi Kun.uz'ning “Mikrofon – qizlarda” ruknining navbatdagi sonida sport yölidagi maşaqqatlari, közi ojiz bölişiga qaramay hayotda öz örnini topişga harakat qilib kelayotgani haqida sözlab berdi.
“Birdaniga körmay qoliş qiyinçiligini yengişim oson bölmagan”
— Oilada törtinçi farzandman. Bolaligim juda qiziqarli ötgan: musiqa, raqs tögaraklariga qatnaşardim. Ukam karate sport turiga qatnaşa boşlagaç, u bilan qöşilib karatega ham borganman.
Ota-onam doim qiziqişlarimni inobatga olişgan va çeklaşmagan. Uzunlikka sakraş sport turiga kirib kelişim esa, oson bölmagan.

Maktabni tugatayotgan paytim közim xiralaşişni boşlagan. Şifokorlar maktabga borişimga ruxsat berişmagan. Kamroq kitob öqiş, kamroq televizor köriş kabi çeklovlar qöyişgan. Keyin operatsiyadan söng köriş qobiliyatimni butunlay yöqotganman. Bu qiyinçilikni yengib ötiş, moslaşiş men uçun juda qiyin bölgan. Şunday bölsa-da, tuzalib ketişimga juda işonardim. Ota-onamning yordami bilan özimga kelganman. Dadam esa tuşkunlikdan çiqib ketişim uçun paralimpiya sportiga bergan. Boşida men hali tuzalib ketaman, nega bu sport bilan şuğullanişim kerak, deb xafa bölganman. Lekin sport bilan şuğullanişni boşlagaç, haqiqatan ham bu tuşkunlikdan çiqişimga katta yordam bergan.
Dastlab, Qaşqadaryoda özim maşğulot qilib yurardim. Keyin Toşkentda, Özbekiston terma jamoasi uçun saralaşda iştirok etganman. Öşanda murabbiyim Sardor aka Abduholiqov intiliş, qat’iyatimni körib, meni terma jamoaga qabul qilgan. Boşida Sardor akaning uyida yaşaganman, meni maşğulotga olib kelib-ketardi. Kuniga 2 mahal şuğullanardim. Qiziqqanim uçun bir yillik tayyorgarlikdan söng Osiyo paralimpiya öyinlarida yuguriş böyiça oltin medal olib kelganman. Hamma juda xursand bölgandi.

“Oyoqlarim singan, jarohatlar olganman...”













