25 avgust kuni Yaponiyaning Tokio şahrida XVI Paralimpiya öyinlarida musobaqalar start oldi. Dastlabki kungi bahslarda beş nafar özbekistonlik suzuvçi iştirok etdi.

Erkaklar örtasida 100 metrga batterflyay usulida suziş (S12 klass) musobaqasida Islom Aslanov bronza medalini qölga kiritdi. Bu Özbekiston paralimpiya terma jamoasi uçun Tokio öyinlaridagi ilk medal böldi. Oltin medalni Belarus vakili Ihar Boki qölga kiritdi, kumuş medal ukrainalik Oleksii Virçenkoga nasib etdi. 

Xuddi şu yönalişda qatnaşgan Muzaffar Tursunxöjayev marraga beşinçi bölib yetib keldi. 

Ayollar örtasida 100 metrga batterflyay usulida suziş (S13 klass) bahslari finalida Şohsanamxon Toşpölatova törtinçi örinni egalladi. U saralaş bahslarini birinçi örin bilan yakunlagandi.

Mazkur yönalişda qatnaşgan Nigoraxon Mirzohidova va Muslima Odilova esa saralaşdan öta olmagandi.