19:35 / 04.09.2021
34740
Kimlar toliblar safiga qabul qilinmasligi aytildi

Ma'lumot berilishicha, sobiq harbiylar, politsiyachilar, IShID guruhining sobiq a'zolari va soqol qo‘ymaganlar toliblar safiga qabul qilinmaydi. 

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

«Tolibon» sharqiy harbiy komissiyasi harakat safiga kimlar qabul qilinmasligi bo‘yicha qarorini e'lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti Nangarhor gubernatori saroyi bayonotiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, sobiq harbiylar, politsiyachilar va IShID guruhining sobiq a'zolari toliblar safiga qabul qilinmaydi. 

Shuningdek, soqol qo‘ymaganlar ham tolib bo‘lolmaydi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, aytilishicha, ularga quyosh nuridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqish va yuzlarini berkitish taqiqlanadi.

Avvalroq «Tolibon» rahbari o‘rinbosari mulla Muhammad Yaqub viloyatlar gubernatorlari va politsiya rahbarlariga havoga tartibsiz o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha qat'iy topshiriq bergani xabar qilingandi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top