«Biz hozirça uşbu vertolyotlarni joylaştiriş masalasini işlab çiqyapmiz. Menda ular [vertolyotlar] böyiça qanday yöl tutilişiga oid yangilangan ma’lumot yöq. Lekin, işonç bilan ayta olamanki, ular Afğonistonga toliblar foydalanişi uçun qaytarilmaydi», - dedi Pentagon matbuot kotibi Jon Kibri.

Kibri uşbu masala Mudofaa vazirligi tomonidan körib çiqiş jarayonida ekanini aytgan.

«Hozirgi vaqtda AQŞ toliblarni Afğonistonning rasmiy hukumati deya tan olmagan va bu Mudofaa vazirligining vakolatlariga kirmaydi», deya qöşimça qildi u.

Kibri Mudofaa vazirligi missiyasi AQŞni himoya qiliş, jumladan Afğonistondan kelişi mumkin bölgan har qanday terroristik xavflardan himoya qilişdan iborat ekanini bildirdi.

«Biz u yerda nimalar bölayotganini kuzatib boramiz. Bizda terrorizmga qarşi kuraş böyiça jiddiy va öta mas’uliyatli vazifa bor. Biz Afğoniston yana vatanimizga [AQŞga] hujum qiliş uçun boşpana bölmasligini kuzatişda davom etamiz», deydi Pentagon vakili.

2021 yil avgust oyida AQŞ Afğonistonni tark etgaç, köplab harbiy uçuvçilar öz oilalarini olib harbiy texnikalarda qöşni Özbekiston va Tojikistonga çiqib ketişgan edi. Ayni vaqtga kelib toliblar uşbu harbiy aviatsiyalarni qaytarmoqçi.