17:26 / 07.09.2021
4265
Braziliya prezidenti tarafdorlari mamlakat kongressiga hujum qildi

Bolsonaruning oliy sud va kongress bilan qator masalalarda kelisha olmayotgani ortidan uning tarafdorlari umummilliy namoyishlar o‘tkazmoqda.

Foto: Eraldo Peres/AP

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning tarafdorlari mamlakat kongressi binosiga kirishga urindi va politsiya bilan to‘qnashuvlar uyushtirdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘ng faollar erta tongda kongress binosiga kirishga uringan. Harbiy politsiya ularga qarshi maxsus vositalardan foydalangan. Tartibsizliklar ishtirokchilari oliy sud binosiga hujum qilishlarini aytishgan.

Bolsonaruning oliy sud va kongress bilan qator masalalarda kelisha olmayotgani ortidan uning tarafdorlari umummilliy namoyishlar o‘tkazmoqda.

Mamlakat poytaxti Brazilia shahridagi markaziy maydon Bolsonaru tarafdorlari bilan to‘lib-toshgani aytilmoqda.

Har yili 7 sentyabrda Braziliyada mamlakat mustaqilligi kuni nishonlanadi. Mamlakat 1822 yilda Portugaliyadan mustaqilligini e'lon qilgan.

Mavzuga oid
Top