12:00 / 13.09.2021
9600
Reklama

Beeline Uzbekistan kompaniyasi Ookla tomonidan O‘zbekistondagi mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi deb tan olindi

Beeline Uzbekistan eng yaxshi mobil tarmog‘i, eng tez mobil tarmog‘i va eng yaxshi mobil tarmoq qamroviga ega bo‘lgan operator sifatida internetni sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi – «Ookla® Speedtest Awards™»ning uchta mukofotini qo‘lga kiritdi.

Iste'molchilar tashabbusi bilan mobil va keng polosali tarmoqlarda internetga ulanish tezligini o‘lchaydigan dunyoga mashhur «Ookla®»dan Speedtest® ilovasi 2021 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi mobil tarmog‘i sifati va qamrovi reytingini e'lon qildi.

Internet tezligini foydalanuvchilar butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘z smartfonlaridan o‘lchaydilar. Bu eng to‘liq va obektiv ma'lumotlarni olish imkonini beradi.

Internetni sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi – «Ookla®» O‘zbekistondagi eng tezkor mobil aloqa tarmog‘ini aniqlash uchun Speedtest® saytida o‘tkazilgan 160 mingdan ortiq foydalanuvchi testlarini taqqosladi.

Speedtest® natijalari – kompaniyaning mamlakatning barcha hududlarida 4G tizimini ishga tushirish bo‘yicha tinimsiz mehnati tufayli erishilgan Beeline Uzbekistan pozitsiyalarining muhim tasdig‘idir.

«Bu yangilik biz uchun shu yilda nishonlanadigan kompaniyaning 15 yilligiga ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekistondagi «Beeline» tarmog‘i internetni sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi tomonidan eng tezkor sifatida e'tirof etilgani quvonarlidir. Biz internet mamlakatda eng tez va sifatli bo‘lishini ta'minlash uchun ko‘p ishlar qildik. O‘tgan yili, pandemiya sharoitida, abonentlarning masofaviy ishlashga o‘tishi tufayli tarmoqdagi yuklanish keskin oshganida, biz butun mamlakat bo‘ylab tarmoqlar o‘rnatish va modernizatsiya qilishni tezlashtirdik va hozir ham shunday shiddat bilan tarmoqni rivojlantirish ustida ishlamoqdamiz. Biz buni uddalaganimizdan xursandmiz va ishontirib aytamiz, mijozlarimiz har doim bizga ishonishlari mumkin!» - dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinovski.

Ma'lumot uzatish xizmatlaridan foydalanadigan Beeline Uzbekistan abonentlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Ushbu tendensiyaga muvofiq, kompaniya raqamli foydalanuvchilar uchun yangi xizmatlarni taklif qilmoqda. Mobil internetning yuqori tezligi sizga onlayn-videolarni ko‘rish va yuqori sifatli videoaloqadan foydalanish, katta hajmli fayllarni tez yuklab olish va biznes uchun raqamli xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Beeline Uzbekistan abonentlari nafaqat mobil Internetdan maksimal tezlikda foydalanishadi, balki trafikni o‘z smartfonlari orqali do‘stlari va oilasi bilan bo‘lishishlari mumkin.

Hozirda Beeline tarmog‘ida yuklashning o‘rtacha tezligi 17,7 Mbit/s, ma'lumotlarni yuklash tezligi esa 9,12 Mbit/s. Bunday ko‘rsatkichlar tarmoqning faol rivojlanishi bilan bog‘liq: yil boshidan kompaniyaning texnik jamoasi 1300 dan ortiq baza stansiyalarni ishga tushirdi va modernizatsiya qildi, shundan 870 dan ortiq baza stansiyalari – 4G. Alohida e'tibor tarmoq yetkazilishi qiyin bo‘lgan hududlarda aholini aloqa bilan ta'minlashga qaratilmoqda. Shu maqsadda yil boshidan beri 50 dan ortiq tayanch stansiyalar ishga tushirildi. Baza stansiyalarning aksariyati Farg‘ona vodiysida qurilgan – ular 600 dan ortiq, bu yillik rejaning 47% tashkil etadi. Shuningdek, Toshkent va Toshkent viloyatida – 280 baza stansiyalar (yoki 21% ortiq) qurilgan. Buning sababi shundaki, bu hududlar ham iqtisodiy, ham sanoat nuqtai nazaridan faol rivojlanmoqda, aholi zichligi yuqori, bu telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirishga alohida e'tibor berishni talab qiladi. Iyul oyi natijalariga ko‘ra, 4G trafigi 2,25 barobar, abonentga o‘rtacha tezlik esa 1,5 barobar oshdi. Ma'lumot uzatish trafigining 80% dan ko‘prog‘i 4G tarmog‘iga to‘g‘ri keladi.

«Albatta, bunday ko‘rsatkichlarga tarmoqni rivojlantirish strategiyasini malakali rejalashtirish va tezkor amalga oshirish, butun jamoaning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi bo‘lmaganida erishish mumkin emas edi. Nafaqat yirik shaharlar aholisi, balki kichik aholi punktlari uchun ham zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanishlari biz uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgan va bo‘lib qolmoqda. Biz bu sohada yetakchilikni saqlab qolish uchun har doim harakat qilamiz va abonentlarimiz eng tez mobil aloqa tarmog‘iga hamda bozordagi eng innovatsion xizmatlarga ega bo‘lishlarini istaymiz», - deya izoh beradi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinovski.

*Speedtest® servisini ishlab chiqargan «Ookla®»ning 2021 yilning birinchi yarmidagi ma'lumotlariga ko‘ra, Beeline Uzbekistan o‘z mijozlarini mamlakatdagi eng tez mobil interneti bilan ta'minlamoqda. Har yili butun dunyo operatorlari ichida o‘tkazilgan mobil internet sifati bo‘yicha tadqiqotlar natijalari «Ookla®» saytida e'lon qilinadi.


Speedtest.net – bu internetga kirish sifati, ma'lumotlarni uzatish tezligi va kechikishi (kutish) kabi ko‘rsatkichlarini bepul tahlil qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi internet-servisi. «Ookla®» butun dunyodan ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. «Ookla®»ning Speedtest® ilovasi Google Play Store va App Store orqali 100 milliondan ortiq marta yuklab olingan.

***

«Ookla®» – internetda test sinovlari va tahlillar qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniya, Speedtest® ilovasining yaratuvchisi. Iste'molchilar har kuni Speedtest®ning barcha platformalarida o‘n milliondan ortiq testlarni faollashtirishadi va shu kungacha 37 milliarddan ortiq testlar o‘tkazildi. Natijada, «Ookla®» dunyodagi eng keng qamrovli internet ishlashi va mavjudligi to‘g‘risida aniq tahliliga ega.

***

«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1.2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.7 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top