20:32 / 17.09.2021
8442

Afg‘oniston Ta'lim vazirligi erkak o‘qituvchilar va o‘quvchilarni maktablarga qaytishga chaqirdi

Ta'lim vazirligining ta'kidlashicha, 6–12-sinflarda o‘qiydigan barcha o‘g‘il bolalar hamda erkak o‘qituvchilar 18 sentyabrdan maktablarga qaytishi shart.

Foto: BBC

Afg‘onistonning yangi tashkil etilgan Ta'lim vazirligi erkak o‘qituvchilar va o‘quvchilarni maktablarga qaytishga chaqirdi, deb xabar berdi Associated Press.

Vazirlikning ta'kidlashicha, 6–12-sinflarda o‘qiydigan barcha o‘g‘il bolalar hamda erkak o‘qituvchilar 18 sentyabrdan maktablarga qaytishi shart.

Xabarda istiqbolda qizlarning maktablarda o‘qishi borasida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Afg‘oniston ta'lim tizimida birinchidan oltinchigacha bo‘lgan sinflar boshlang‘ich, oltinchidan o‘n ikkinchigacha bo‘lgan sinflar o‘rta sinflar hisoblanadi. 

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top