19:00 / 27.09.2021
26461
Termizda Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari uchrashdi

Bugun, 27 sentabr kuni Termiz shahrida Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, tadbir afg‘on tomonining iltimosiga binoan Afg‘onistonga import mollarining tranzit tashuvi bilan bog‘liq masalalarni hal etish maqsadida tashkil etilgan.

«Muloqot dastavval eng zarur xalq iste'mol tovarlari: oziq-ovqatlar, dori-darmon, tibbiy anjomlar, kiyim-kechak va yonilg‘i xususida bordi.

Uchrashuvda Afg‘onistonda yuzaga kelgan og‘ir gumanitar vaziyat davrida mamlakatga yuklarni yetkazib berish va tranzit o‘tkazishda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi», – deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, tomonlar yig‘ilish so‘ngida chegaraoldi masalalari yuzasidan ishchi aloqalarini davom ettirishga tayyor ekanligini bildirgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top