18:00 / 27.09.2021
3178
ERIELL Group: muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zib...

O‘zbekistonda nogironligi bor insonlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Respublikaning barcha aholi qatlamlari va toifalariga teng imkoniyatlarni yaratish maqsadida imkoniyatlari cheklangan insonlarga ko‘mak berish tamoyillari va yo‘nalishlari davlat dasturlari va harakatlar rejalarida mustahkamlab qo‘yilgan. 

Yurtimizda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy hamda boshqa huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish barobarida ularga boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni taqdim etish nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoyalash sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilish va yordam ko‘rsatish O‘zbekiston xalqiga xos an'anaviy qadriyatlardan. Ular insonlar yuragi, madaniyati, dini, axloqi va umuman olganda jamiyatda muhim o‘rin egallaydi. Aynan shu fazilatlar inson taqdiri va uning kelgusi hayotini belgilab beradi.

ERIELL Group ijtimoiy mas'ul kompaniya sifatida muhtojlarga yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida ko‘plab sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Kompaniyalar guruhi “Ezgulik ulash” loyihasi doirasida ularni qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, muntazam APLA jamoatchilik birlashmasi, Toshkent viloyati ixtisoslashgan bolalar uyi, “Mehribonlik” ijtimoiy ko‘mak jamiyati, Respublika ixtisoslashgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ustidan patronajni amalga oshirmoqda.

ERIELL Group vakillari Sergeli tumanidagi “Mehribonlik” nogironlarga ijtimoiy ko‘mak berish jamiyatida bo‘lib, u yerda ijtimoiy ko‘makka muhtojlarga mahsulotlar solingan savatlarni tarqatdi. NIKJ ishtirokchilari orasida barcha toifa va yoshdagi imkoniyati cheklangan odamlar bor. Ular nafaqat moddiy, balki ruhiy ko‘makka ham muhtoj. Zero, ularning ayrimlari – to‘shakka mixlanganlarining dunyosi to‘rt devor bilan cheklanib qoladi, shuning uchun ham mehmonlar tashrifi ular uchun quvonchli hodisa.

Jamiyat raisi Gultakin Mamedovaning faoliyatini alohida e'tirof etish joiz. Nogironligi va aravachaga mixlanib qolganiga qaramay, bu kuchli va oliyjanob ayol “Mehribonlik” NIKJ ishtirokchilariga ko‘mak berish uchun barcha resurslarni ishga solmoqda. U rais sifatidagi faoliyatini 2016 yilda boshlagan. Bu davr ichida Gultakin Jamiyat yangi binoga ega bo‘lishi, uning ta'mirlanishi, unda xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilishiga erishdi. Samarali va fidokorona xizmati uchun Gultakin Mamedova 2019 yilda “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

«Jamiyatimiz nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. Biz turli kompaniyalar yordami va ijtimoiy manfaatdorligi tufayli barcha toifalardagi nogironlarga yordam beramiz va ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Barcha xodimlar nomidan ERIELL Group'ga insonlarga ko‘rsatilayotgan tezkor va zarur yordami uchun chin yurakdan minnatdorlik izhor qilaman. Oliyjanob va ezgu amallar Yaratgan tomonidan munosib mukofotlanishi va kompaniya yanada gullab-yashnashini tilayman», - dedi Gultakin Mamedova.

Jamiyat raisi ishtirokchilarning ko‘p sonli murojaatlariga ko‘ra kompyuter savodxonligi kurslari va turli to‘garaklarni yo‘lga qo‘yishni orzu qiladi. Hozircha bu faqat rejada bor, biroq Gultakin odamlarning mehribonligi va befarq emasligi tufayli orzusi yaqin orada ro‘yobga chiqishiga umid qiladi.

ERIELL Group'dagilar har bir ezgu amal insonlar qalbida albatta aks sado berishi, minnatdorlikka sabab bo‘lishi va shu bilan birga, kelajakda global ishlar uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonadilar. Shuning uchun ham kompaniyalar guruhi bundan keyin ham ezgu amallar an'anasini davom ettiradi.

ERIELL Group Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top