02:19 / 03.10.2021
8216
JSST «Sputnik V» vaksinasini qachon ma'qullashi aytildi
Foto: Kommersant'

Ma'lumotlarga ko‘ra, vaksina bir-ikki oy ichida ma'qullanadi.

Argentinaning Richmond farmatsevtika kompaniyasi rahbari Marselo Figeyras JSST yaqin vaqt ichida koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini ma'qullashini aytdi. Bu haqda Telam agentligi xabar berdi.

«Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, bu aniq. Vaksina ko‘pi bilan bir-ikki oy ichida ma'qullanadi», — dedi Figeyras.

Uning aytishicha, ma'muriy sabablar tufayli Rossiya vaksinasi JSST tomonidan shu paytgacha ma'qullanmagan.

«Bular axborot masalalari, hisobotlar tayyorlashlardir», — dedi u.

Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasi Rossiyada 2020 yil avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top