10:19 / 03.10.2021
4551
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar 400dan kamaydi, bu iyun oyi o‘rtalaridan buyon eng past ko‘rsatkich

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 388ta koronavirus, 24ta pnevmoniyaga chalinish holati qayd etilgani, ikki bemor vafot etgani haqida xabar qildi.

«2021 yil 2 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 175267 (+388) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 18 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 13 nafari Namangan viloyatida,
  • 53 nafari Samarqand viloyatida,
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 42 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 32 nafari Toshkent viloyatida,
  • 159 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda so‘nggi marta bundan past kunlik ko‘rsatkich 18 iyun kuni qayd etilgan - o‘shanda 385ta kasallanish holati ro‘yxatga olingandi.

Kecha kun davomida: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17 nafar,
  • Andijon viloyatida 22 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Jizzax viloyatida 20 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 12 nafar,
  • Samarqand viloyatida 54 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 5 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 8 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 49 nafar,
  • Xorazm viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent viloyatida 31 nafar,
  • Toshkent shahrida 205 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 170320 (+454) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 2 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1247 nafarni tashkil qilmoqda.

2 oktabr kuni 24 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 27300taga yetdi. Kecha ularning 88 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 25638 nafarni tashkil qilmoqda.

Pnevmoniya statistikasi e'lon qilinishi boshlangandan buyon ilk marta bu kasallikdan o‘lim holati qayd etilmadi. Shu vaqtgacha ushbu kasallik qurbonlari soni, rasmiy statistikaga ko‘ra, 233 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 58 o‘lim sentabr oyida qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top