14:26 / 05.10.2021
8561

Afg‘onistonni 100dan ortiq musiqachi tark etdi

101 kishidan iborat guruhning yarmini talabalar, Zohra ayollar orkestri qatnashchilari hamda bitiruvchilar, o‘qituvchilar va ayrim musiqachilarning qarindoshlari tashkil etadi.

Foto: Saurabh Das / AP

Afg‘oniston milliy musiqa institutiga aloqador yuzlab afg‘onlar Kobulni tark etdi. Bu haqda institut direktori Ahmad Sarmast ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Portugaliya hukumati musiqachilarga boshpana berishga rozi bo‘lgan.

101 kishidan iborat guruhning yarmini talabalar, Zohra ayollar orkestri qatnashchilari hamda bitiruvchilar, o‘qituvchilar va ayrim musiqachilarning qarindoshlari tashkil etadi.

Ular yakshanba kuni Qatarga uchib ketishgan. 

Institut asoschisi va rahbari Ahmad Sarmast Portugaliyada talabalarning o‘qishini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Yaqinda Afghan Dreamers robototexnik ayollar guruhi Meksikaga, ayollar futbol jamoasi esa Portugaliyaga uchib ketgandi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top