14:50 / 05.10.2021
7194

OAV: Afg‘onistonning qo‘shni davlatlardan elektr energiyasi uchun qarzi 62 million dollardan oshgan

Afg‘oniston qo‘shni davlatlar: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eronga qarzlarini to‘lashga va'da berib, elektrni o‘chirmaslikni so‘ramoqda.

Foto: Unsplash

Afg‘onistonning qo‘shni davlatlardan elektr energiyasi uchun qarzdorligi qariyb 62 million dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda TOLO News ma'lumotlariga tayanib, TASS nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Afg‘onistonning DABS energetik korporatsiyasi elektr energiyasini eksport qiluvchi qo‘shni davlatlar — O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eronga qarzlarini to‘lashni va'da qilib, elektr energiyasini o‘chirmaslikni so‘ragan.

Shuningdek, DABS qarzlarni to‘lashga yordam berish uchun BMTning mamlakatdagi yordam missiyasiga ham murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, kompaniya yetarli yordam ololmasa, elektr uchun «pul to‘lamagan afg‘onlar»ga bosim o‘tkazishga majbur bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, 6 sentyabrda «Tolibon» butun Afg‘oniston hududini o‘z nazoratiga olganini, 7 sentyabrda esa muvaqqat hukumat tuzganini e'lon qilgandi. Ko‘rilgan choralarga qaramay, Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida Afg‘oniston davlat zaxiralarining (9,4 milliard dollar) AQSh tomonidan muzlatib qo‘yilganini keltirib o‘tish mumkin.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top