Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda jami 446,8 ming nafar çet el fuqarolari tijorat maqsadida Özbekistonga kelgan. Qayd etilişiça, bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 247,8 ming nafarga, ya’ni 2,2 barobarga köpaygan.
Mamlakatlar kesimida tijorat maqsadida taşrif buyurganlar soni quyidagiça taqsimlangan:
- Afğoniston — 415 577 nafar;
- Tojikiston — 17 962 nafar;
- Turkmaniston — 9 048 nafar;
- Rossiya — 728 nafar;
- Qozoğiston — 589 nafar;
- Turkiya — 587 nafar;
- boşqa davlatlar — 2 355 nafar.
Ma’lumotlarga köra, 2025 yilda tijorat maqsadida kelganlar umumiy sonida Afğoniston fuqarolari uluşi eng katta bölib, asosiy oqim aynan uşbu mamlakat hissasiga töğri kelgan.







