16:10 / 24.10.2021
7276
Saylovda davomat 53 foizga yaqinlashdi, farg‘onalik saylovchilar eng faol bo‘lmoqda

Markaziy saylov komissiyasi soat 13:00ga qadar ovoz bergan saylovchilar ko‘rsatkichini e'lon qildi.

24 oktabr kuni soat 13:00ga qadar 10 462 575 nafar saylovchi ovoz berishga ulgurgan. Bu umumiy saylovchilarning 52,7 foizini tashkil etadi.

Hozircha hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona (62,2 foiz), Sirdaryo (60,9 foiz), Namangan (57,8 foiz), Jizzax (55,4 foiz), Andijon (54,3 foiz), Xorazm (54,1 foiz), Surxondaryo (53,7 foiz) viloyatlari saylovchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 463 091 nafar (44,3 foiz), Andijon viloyatida 979 340 nafar (54,3 foiz), Buxoro viloyatida 555 541 nafar (49,9 foiz), Jizzax viloyatida 436 635 (55,4 foiz), Qashqadaryo viloyatida 993 397 nafar (53,1 foiz), Navoiy viloyatida 300 003 nafar (48,2 foiz), Namangan viloyatida 956 965 (57,8), Samarqand viloyatida 1 110 362 nafar (50,6), Sirdaryo viloyatida 300 833 nafar (60,9 foiz), Surxondaryo viloyatida 787 785 nafar (53,7 foiz), Toshkent viloyatida 831 481 nafar (46,2 foiz), Farg‘ona viloyatida 1 420 971 (62,2 foiz), Xorazm viloyatida 577 296 nafar (54,1 foiz), Toshkent shahrida 748 875 nafar (45,3 foiz) saylovchi saylov huquqidan foydalangan.

Avvalroq MSK soat 11:00ga qadar saylovchilarning 6 669 552 nafari yoki 33,6 foizi ovoz bergani, bu ko‘rsatkich saylovlar o‘tgan deb hisoblanishi uchun yetarli ekanini ma'lum qilgandi.

Saylovda «Milliy tiklanish»dan partiya yetakchisi Alisher Qodirov, O‘zLiDePdan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova O‘zbekiston prezidentligi uchun kurash olib borishmoqda.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top