Markaziy saylov komissiyasi soat 11:00ga qadar ovoz bergan saylovçilar körsatkiçini e'lon qildi. Qayd etilişiça, 24 oktabr kuni soat 8:00 va 11:00 oraliğida 6 669 552 nafar saylovçi ovoz berişga ulgurgan. Bu umumiy saylovçilarning 33,6 foizini taşkil etadi.

Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96-moddasiga muvofiq, agar saylovçilar röyxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berişda iştirok etgan bölsa, saylov ötgan hisoblanadi.

Foto: Markaziy saylov komissiyasi

«Demak joriy saylovlar ötgan deb hisoblanadi va bu bilan barça saylov jarayoni iştirokçilarini tabriklaymiz», dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Bahrom Qöçqorov.

Qoraqalpoğiston Respublikasida 331 377 nafar (31,7 foiz), Andijon viloyatida 672 733 nafar (37,3 foiz), Buxoro viloyatida 380 751 nafar (34,2 foiz), Jizzax viloyatida 276 640 (35,1 foiz), Qaşqadaryo viloyatida 600 528 nafar (32,1 foiz), Navoiy viloyatida 182 989 nafar (29,4 foiz), Namangan viloyatida 609 278 (36,8), Samarqand viloyatida 621 013 nafar (28,3), Sirdaryo viloyatida 177 338 nafar (35,9 foiz), Surxondaryo viloyatida 589 739 nafar (40,2 foiz), Toşkent viloyatida 496 729 nafar (27,6 foiz), Farğona viloyatida 938 937 (41,1 foiz), Xorazm viloyatida 346 804 nafar (32,5 foiz), Toşkent şahrida 444 696 nafar (26,9 foiz) saylovçi saylov huquqidan foydalangan.

Foto: Markaziy saylov komissiyasi

Mamlakatda taşkil etilgan saylov uçastkalaridagi saylovçilar röyxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovçi kiritilgan. Ulardan 9 million 459 ming 273 nafarini yoki 48 foizini erkaklar, 10 million 399 ming 854 nafarini yoki 52 foizini ayollar, 6 million 458 ming 283 nafarini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil qiladi. Şuningdek, 887 ming 686 nafar saylovçi hamda unça oğir bölmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlarni sodir etgan 8 203 nafar mahkum ham birinçi marta ovoz beradi. 37 ta xorijiy davlatda tuzilgan 54 ta saylov uçastkasida 299 ming 780 nafar saylovçi ovoz berişi mumkin.

Saylovda ÖzLiDePdan amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev, «Milliy tiklaniş»dan partiya yetakçisi Alişer Qodirov, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova Özbekiston prezidentligi uçun kuraş olib borişmoqda.