Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorligi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi
Joriy yil 28 oktabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi raisi Mixail Myasnikovich bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo davlatlar bilan o‘zaro hamkorligi doirasidagi munosabatlar hozirgi holati va vazifalarni hal etish mexanizmlari muhokama qilindi.
Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, savdo tartibotlarini soddalashtirish va raqamlashtirish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohasida me'yor va standartlarni takomillashtirish, transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, texnologiyalar bilan almashish hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish dolzarbligi qayd etildi.
O‘zbekiston va YeOIIga a'zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida YeIK bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqishga kelishildi. Unda savdo, sanoat, bojxona va soliq ma'muriyatchiligi, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya standartlari, energetika, farmatsevtika, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda YeIK tegishli bo‘linmalari hamda mamlakat vazirliklari va idoralari o‘rtasidagi hamkorlik chora-tadbirlari aks etadi.
Shuningdek, tomonlar YeOIIga a'zo mamlakatlar investorlarini sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:49 / 13.07.2022
O‘zbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida hamkorlikning qo‘shimcha yo‘nalishlari ro‘yxati imzolandi
15:06 / 04.12.2021
Maqsad 10 mlrd dollar: O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
10:04 / 03.12.2021
Umrzoqov Koreya bosh vaziri o‘rinbosari bilan Shavkat Mirziyoyevning Seulga bo‘lajak tashrifini muhokama qildi
08:00 / 24.11.2021