Maqsad 10 mlrd dollar: O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
4 dekabr kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining navbatdagi, 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda tadbirda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Foto: Kun.uz
Forumning rasmiy ochilish marosimida Qozog‘istonning deyarli barcha shaharlaridan tadbirkorlar va O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi. Delegatsiya tarkibida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Investitsiyalar va savdo vaziri Sardor Umrzoqovlar ishtirok etishyapti.
Tadbirga qiziqish yuqoriligi bois zalga shoshilinch ravishda qo‘shimcha stullar keltirildi. Tadbirda ilk so‘zni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar oldi:
– O‘zbekiston bizning strategik hamkorimiz. So‘nggi hisob-kitoblarga qaraganda, Qozog‘istonda joriy yilning 10 oyi yakuniga ko‘ra iqtisodiy o‘sish 3,5 foizni tashkil qilmoqda. Investitsion ishonch ham ortib boryapti. Bunda qo‘shnimiz O‘zbekistonning ham roli katta. Biz ulkan chegaramizning turli nuqtalarida logistik hablar tashkil qilamiz. O‘ylaymanki bizga vazifa sifatida qo‘yilgan, o‘zaro tovar ayirboshlashda 10 mlrd dollarlik marra albatta zabt etiladi, – dedi Qozog‘iston vakili.
Marosimda bosh vazir o‘rinbosari va Investitsiyalar va savdo vaziri Sardor Umrzoqov ham so‘zga chiqdi va nutqining kirish qismini qozoq tilida so‘zladi.
– Og‘ir pandemiya sharoitiga qaramay ikki taraflama savdo hajmi joriy yilning 10 oyida 37 foizga oshgan. Biz bu yil yakuniga qadar 3 mlrd dollarlik ko‘rsatkichni, kelgusi yil oxirigacha esa 4 mlrd dollar mahsulot ayirboshlash darajasiga chiqishni reja qilganmiz. Asosiy maqsadimiz esa yaqin yillarda 10 mlrd dollar savdo hajmiga erishish. O‘ylaymanki, bu amalga oshirish mumkin bo‘lgan reja. Sababi, o‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, bir yilning ichida O‘zbekiston Qozog‘istondan xarid qilishi mumkin bo‘lgan 5-5,5 mlrd dollar hajmdagi mahsulotlarni uchinchi davlatlardan olmoqda. Xuddi shuningdek Qozog‘istonda ham boshqa davlatlardan import qilinayotgan 5 mlrd dollar hajmdagi mahsulotlarni O‘zbekistondan olishi mumkin, – dedi S. Umrzoqov.
Biznes-forum ikki tomonlama iqtisodiy masalalardagi hujjatlar imzolanishi bilan boshlandi va bir nechta shunday hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
Jahon | 22:37
-
Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 22:36
-
2 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:03
-
Rossiyada Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlovchilar soni eng yuqori darajaga yetdi
Jahon | 21:57
Mavzuga oid

10:11 / 01.04.2025
Qozog‘istonda mobil telefonlar uchun «qora ro‘yxat» joriy etiladi

12:52 / 31.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tutashuvlarida o‘tkazish qobiliyati oshiriladi

22:46 / 30.03.2025
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

20:01 / 29.03.2025