18:17 / 02.11.2021
6279
Sulsher uchun yana bir sinov, Levandovskida 100-o‘yin, «Bavariya» va «Yuve» pley-off ostonasida. YeChL 4-tur anonsi
Foto: Getty Images

Ikki haftalik tanaffusdan keyin bugun, 2 noyabr seshanba oqshomida Chempionlar ligasi 4-tur bahslariga start beriladi. Yevropa qishki vaqtga o‘tgani sababli bahslarni yana bir soat ko‘proq kutishimizga to‘g‘ri keladi. Turning dastlabki kungi o‘yinlar ro‘yxatidan bir qator e'tiborli qarama-qarshiliklar o‘rin olgan. Quyida to‘rtta guruhdagi vaziyat, taxminiy tarkiblar va o‘yinlar anonsi bilan tanishtirib o‘tamiz.

Bu turda qaysi jamoalar pley-offga yo‘llanma olishi mumkin?

Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvlarida bir yo‘la beshta klub guruh bosqichi yakunlanishidan ikki tur avval 1/8 finalga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega. Turnirning eng sermahsul klubi «Bavariya» ketma-ket bu o‘yinda ham «Benfika»ni mag‘lubiyatga uchratsa, guruhdan chiqish vazifasini bajaradi. Shuningdek, 4-turdagi 3 ochko «Liverpul», «Zalsburg» va «Yuventus»ga ham nimchorakfinal yo‘llanmasini taqdim etadi. Shuningdek, «Ayaks» Dortmundning «Borussiya» klubidan bu turda ham ustun kelsa, keyingi bosqich masalasini hal etadi.

Foto: FK «Zenit»

Sulsher uchun yana bir sinov

Antonio Kontening «Tottenhem» bosh murabbiyiga aylangani «Atalanta» bilan bahs oldidan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Sulsherga nafasni rostlash imkonini bergan bo‘lsa ajabmas. O‘tgan bir hafta davomida juda kuchli bosim va tanqidlar ostida qolgan norvegiyalik murabbiy o‘rnini aynan Kontega bo‘shatib berishga yaqin edi. Ammo unga uch o‘yinlik imkoniyat berilgani va ulardan dastlabkisida «Tottenhem» ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng ikkinchi sinov YeChL doirasida «Atalanta»ga qarshi o‘tadi. Bergamodagi uchrashuvda ham Sulsher Londondagi g‘alabali o‘yindagi uslub va tarkibdan foydalanishi mumkin. Ole-Gunnar bu haqda o‘yindan oldingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. «Old Trafford»dagi bahsda Gasperini shogirdlari 2:0 hisobidagi g‘alabani yakunda yo‘qotganini (2:3) inobatga olsak, Bergamoda mezbonlar alamli mag‘lubiyat uchun revanshga intilishlarini kutish mumkin.

«Barsa» Kiyevda Kumansiz ham 3 ochko oladimi?

«Dinamo»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘tgan haftada «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman iste'foga chiqarildi. Bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Serxi Barxuan qo‘l ostida kataloniyaliklar «Alaves» bilan durang (1:1) qayd etishga ulgurishdi. Ukrainada navbatdagi ochkolar yo‘qotilishi «Barsa»ni qiyin vaziyatga tushirishi mumkin.

Mezbonlar uchun ham «Barselona» bilan o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mag‘lubiyat – katta ehtimol bilan «Dinamo»ni bahorgi yevrokuboklardan mosuvo etadi. Ammo «Barsa»dagi hozirgi vaziyat va tarkibda Jyerar Pike, Serxio Aguero va Pedrining yo‘qligi kiyevliklarga ochko olish imkonini yaratishi mumkin.

Levandovski uchun yubiley o‘yin

«Bavariya» «Benfika»ni yirik hisobda mag‘lub etgan 3-tur uchrashuvida Robert Levandovski Lissabonda bitta gol muallifiga aylangandi. «Oltin to‘p»ga da'vogarlik qilayotgan polshalik forvard «Benfika»ga qarshi Myunxendagi bahsda YeChLdagi 100-uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Turnirda jami 78ta gol kiritgan Robert bugungi yubiley o‘yinida ham gollari sonini yanada oshirish imkoniyatiga ega.

Foto: UEFA

Guruhlardagi vaziyat qanday?

E guruhi: «Bavariya» (9 ochko) - «Benfika» (4), «Dinamo» Kiyev (1) - «Barselona» (3)

- «Bavariya» «Benfika»ga mag‘lub bo‘lmasa, 1/8 finalga chiqadi. G‘alaba qozonsa va «Barsa» Kiyevda ochko yo‘qotsa, Myunxen klubi 1-o‘rinni naqd qiladi.

F guruhi: «Vilyareal» (4) - «Yang Boyz» (3), «Atalanta» (4) - «Manchester Yunayted» (6)

- 4-tur o‘yinlaridan keyin guruhda hech narsaga aniqlik kiritilmaydi.

G guruhi: «Sevilya» (3) - «Lill» (2), «Volfsburg» (2) - «Zalsburg» (7)

- «Zalsburg» «Volfsburg»ni mag‘lub etsa, 1/8 finalga chiqadi.

H guruhi: «Yuventus» (9) - «Zenit» (3), «Malme» (0) - «Chelsi» (6)

- «Yuventus» «Zenit»ga mag‘lub bo‘lmasa, 1/8 final yo‘llanmasini naqd qiladi. «Malme» «Chelsi»ni mag‘lub eta olmasa, guruhdan chiqish imkoniyatini butkul yo‘qotadi.

Foto: Getty Images

YeChL. 4-tur. 2 noyabr (seshanba)

E guruhi

«Dinamo» Kiyev - «Barselona»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Yoshlar

Taxminiy tarkiblar:

«Dinamo» Kiyev: Bushan; Kendzera, Zabarniy, Sirota, Karavayev; Sidorchuk, Shaparenko; Tsigankov, Buyalskiy, de Pena; Verbich

O‘ynamaydi: Besedin (jarohat), Kulach (yurak), Mikolenko (noma'lum)

«Barselona»: ter Stegen; Dest, Arauxo, Erik Garsiya, Alba; Niko, Buskets, de Yong; Gavi, Depay, Koutino/Ansu Fati

O‘ynamaydi: Breytveyt (jarohat), Pedri (jarohat), Pike (jarohat), Serxi Roberto (jarohat), Aguero (yurak)

«Bavariya» - «Benfika»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Mahalla

Taxminiy tarkiblar:

«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Zyule, Upamekano, Ernandes; Kimmix, Goretska; Gnabri, Myuller, Sane; Levandovski

O‘ynamaydi: Shupo-Moting (jarohat), Ulrayx (jarohat)

So‘roq ostida: Devis (jarohat)

«Benfika»: Vlaxodimos, Verissimo, Otamendi, Vertongen; Diogu Gonsalvesh, Vaygl, Joau Mariu, Grimaldo; Rafa Silva, Yaremchuk, Darvin

O‘ynamaydi: Andre Almeyda (jarohat), Lazaro (jarohat), Rodrigo Pino (jarohat), Seferovich (jarohat)

F guruhi

«Vilyareal» - «Yang Boyz»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: -

Taxminiy tarkiblar:

«Vilyareal»: Ruli; Mario Gaspar, Albiol, Torres, Alberto Moreno; Kapu, Parexo, Trigeros; Chukvueze, Dandjuma, Yyeremi Pino

O‘ynamaydi: Jyerar Moreno (jarohat), Foyt (jarohat)

«Yang Boyz»: Fevr; Xefti, Kamara, Lauper, Garsiya; Serro, K. Martins; Fassnaxt, Ebisher, Ngamale; Elia

O‘ynamaydi: fon Ballmoos (jarohat), Lustenberger (jarohat), Nsame (jarohat), Monteyru (jarohat)

So‘roq ostida: Zesiger (jarohat), Kamara (jarohat)

«Atalanta» - «Manchester Yunayted»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Sport

Taxminiy tarkiblar:

«Atalanta»: Musso; de Roon, Demiral, Lovato; Dzappakosta, Froyler, Koopmeyners, Mele; Pashalich; Muriel, Sapata

O‘ynamaydi: Xatebur (jarohat), Gozens (jarohat), Pessina (jarohat)

«MYu»: de Xea; Lindelef, Varan, Maguayr; Uan-Bissaka, Pogba, Maktominey, Shou; Brunu Fernandesh; Ronaldu, Reshford

O‘ynamaydi: -

G guruhi

«Volfsburg» - «Zalsburg»

O‘yin boshlanish vaqti: 22:45

TV-translatsiya: Mahalla

Taxminiy tarkiblar:

«Volfsburg»: Kasteyels; Mbabu, Lakrua, Bruks, Otavio; Gilyavogi, Arnold; Lyukbakio, Filipp, Shteffen; Nmecha

O‘ynamaydi: Byalek (jarohat), Mexmedi (jarohat), Russiyon (jarohat), Shlager (jarohat), Vilyam (jarohat)

«Zalsburg»: Ken; Kristensen, Ongene, Veber, Ulmer; Kamara; Aronson, Suchich, Zayvald; Okafor, Adeyyemi

O‘ynamaydi: Kapaldo (diskvalifikatsiya), Sheshko (jarohat), Yunuzovich (jarohat), Pentkovski (jarohat), Sole (jarohat)

«Sevilya» - «Lill»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: -

Taxminiy tarkiblar:

«Sevilya»: Bunu; Navas, Kunde, Diyego Karlos, Akunya; Dileyni, Fernando, Torres; Suso, Rafa Mir, Okampos

O‘ynamaydi: Gomes (jarohat)

«Lill»: Grbich; Zeki Chelik, Fonte, Tyagu Djalo, Reynildu; Ikone, Andre, Sheka, Bamba; Devid, Vea

O‘ynamaydi: Botman (jarohat), Burak Yilmaz (betob)

H guruhi

«Malme» - «Chelsi»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Sport

Taxminiy tarkiblar:

«Malme»: Dalin; Larsson, Axmedxodjich, Moysander; Berget, Innosent, Penya, Rakip, Riks; Cholak, Birmanchevich

O‘ynamaydi: Beyimo (jarohat), Toyvonen (jarohat), Knudsen (jarohat), Seydiu (jarohat), Kristiansen (jarohat)

«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger; Djyeyms, Kante, Jorjino, Chiluell; Ziyosh, Hadson-Odoi, Havers

O‘ynamaydi: Maunt (betob), Lukaku (jarohat), Verner (jarohat), Kovachich (jarohat)

«Yuventus» - «Zenit»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Sport2

Taxminiy tarkiblar:

«Yuventus»: Shensni; Danilo, Bonuchchi, de Lixt, Aleks Sandro; Kuadrado, Lokatelli, Makkenni, Bernardeski; Dibala, Morata

O‘ynamaydi: de Shilo (jarohat)

So‘roq ostida: Keza (jarohat), Kin (jarohat), Remzi (jarohat)

«Zenit»: Kritsyuk; Sutormin, Chistyakov, Lovren, Rakitskiy, Karavayev; Mostovoy, Barrios, Vendel, Kluadino; Ozmun

O‘ynamaydi: Ozdoyev (jarohat)

So‘roq ostida: Malkom (jarohat), Duglas Santos (jarohat), Krugovoy (betob), Kuzyayev (noma'lum).

Usmon Ibodov

Top