08:52 / 03.11.2021
2549

Navoiyda yonib ketgan masjid o‘rniga yangisi qurilib, foydalanishga topshirildi

Nurota tumanining Dehibaland qishlog‘ida joylashgan «Imom Hasan–Imom Husayn» masjidida yong‘in kelib chiqqan hamda Kun.uz xayriya aksiyasi o‘tkazgan edi. 2021 yilning 2 noyabr kuni qayta qurib bitkazilgan mazkur masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz'ga tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Nurota tumani hokimligi matbuot xizmati
Foto: Nurota tumani hokimligi matbuot xizmati

Ochilish marosimida tuman hokimi Umarbek Xalilov, viloyat bosh imom xatibi Tohir Ro‘ziyev, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan. Ta'kidlanishicha, masjidda bir vaqtning o‘zida 350 nafar namozxon o‘z ibodatlarini ado etish imkoni yaratilgan. 2020 yilning 28 noyabr kuni elektr energiyasi tarmog‘ida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan hamda masjidga zarar yetgandi. Uning qayta qurilishi to‘liq saxovatpesha insonlarning xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Foto: Nurota tumani hokimligi matbuot xizmati
Foto: Nurota tumani hokimligi matbuot xizmati
Top