Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi «Imom Hasan–Imom Husayn» masjidida yong‘in yuz berdi. Masjid namoz o‘qishga yaroqsiz holga kelib qoldi
Shu yilning 28 noyabr kuni Nurota tumanining Dehibaland qishlog‘ida joylashgan «Imom Hasan–Imom Husayn» masjidida yong‘in kelib chiqqan.
Nurota tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Nusrat Muhiddinovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, yong‘in kelib chiqishiga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan. Kuchli shamol natijasida elektr energiyasi tarmog‘ida qisqa tutashuv yuzaga kelgan.

«Voqea joyiga tezda yetib borib, yong‘inni bartaraf qildik. Ammo masjidning ayvon qismiga zarar yetdi. Masjid yonidagi «Imom Hasan, Imom Husan» ziyoratgohiga yong‘in o‘tmagan. Jabrlangan fuqarolar yo‘q», — deydi Muhiddinov.
Masjid imom noibining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida masjidning holati namoz o‘qishga yaroqsiz holga kelib qolgan. Shu sababli hozirda qishloq aholisi masjidni qayta qurish uchun ijtimoiy tarmoqlarda guruh ochib, xayriya tadbirlarini boshlab yuborishgani aytilmoqda.

Kun.uz yaqin kunlarda ushbu xayriya tadbirini yoritib chiqishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:40 / 03.12.2025
“Yong‘in payti oshxonada odam ko‘p edi” – Gulistondagi portlash joyidan reportaj
19:45 / 03.12.2025
50 ming dollarlik da’vo: Toshkentda zaryadga qo‘yilgan elektromobil nega yonib ketgandi?
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
09:00 / 01.12.2025