14:59 / 04.11.2021
4577
Qirg‘iziston hozircha toliblar hukumatini tan olmasligi ma'lum qilindi

Shu bilan birga, Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Talatbek Masadikov “Tolibon” vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish zarurligini qayd etdi.

Qirg‘iziston hukumati hozircha Afg‘onistondagi toliblar hukumatini tan olmaydi. Bu haqda Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Taalatbek Masadikov ma'lum qildi.

“Bugungi kunda biz tomonimizdan toliblarni tan olish to‘g‘risida gap bormayapti”, - dedi u.

 Shu bilan birga, Masadikov “Tolibon” vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish zarurligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarni Afg‘onistonda mavjud muammolar bilan yuzma-yuz qoldirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

“Ularni izolyatsiyada qoldirish kerak emas”, - deb ta'kidladi u.

 

Top