23:51 / 04.11.2021
3706
Tunis sobiq prezidenti xalqaro qidiruvga berildi

Tunis prezidenti Kais Said 14 oktabr kuni Marzuqiyning France 24 telekanalida qilgan chiqishida aytgan so‘zlaridan so‘ng adliya vazirini unga nisbatan surishtiruv boshlashga chaqirgandi.

Foto: AP Photo / Aimen Zine

Tunis sobiq prezidenti Monsef Marzuqiy xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Tunis Afrique Presse axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, sobiq davlat rahbariga nisbatan surishtiruvga rahbarlik qilayotgan sudya ana shunday qaror chiqargan.

Tunisning amaldagi prezidenti Kais Said 14 oktabr kuni Marzuqiyning France 24 telekanalida qilgan chiqishida aytgan so‘zlaridan so‘ng adliya vazirini unga nisbatan surishtiruv boshlashga chaqirgandi.

Marzuqiy Fransiya telekanaliga bergan intervyusida 20-21 noyabr kunlari Tunisning Jyerba orolida o‘tkazilishi mo‘ljallangan fransuz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar sammitini ortga surganidan faxrlanishini aytgandi.

Monsef Marzuqiy 2011-2014 yillarda Tunisga rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid
Top