08:41 / 05.11.2021
2015

Buxoroda ko‘p miqdorda giyohvand modda olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Qorako‘l tumani IIB hamda DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘p miqdorda giyohvand modda olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 oktabr kuni tumanning Do‘rman mahallasidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lidan fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi “Lacetti” mashinasi to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv paytida mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 39 yoshli J.F. polietilen paketda 321,5 gramm marixuana giyohvand moddasini olib ketayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan J.F.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq olotlik fuqaro xonadonida pol ostida giyohvand modda saqlab kelgani aniqlangandi.

Top