Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olotlik fuqaro xonadonida pol ostida giyohvand modda saqlab kelgani aniqlandi
Buxoro viloyatining Olot tumanida yashovchi fuqaro yotoqxonasining poli ostida ko‘p miqdorda giyohvand modda saqlab kelgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat IIB xodimlari tomonidan Olot tumanida “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Tumanning Xalifa mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan J.A.ning yashash uyida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganida, ushbu fuqaro xonadonning yotoqxonasi poli ostida 117.96 gramm marixuana giyohvand moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq G‘ijduvon tumanida ham ko‘p miqdorda giyohvand modda saqlab kelgan fuqaro qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
08:53 / 18.04.2026
Chegara hududida qariyb 55 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
13:16 / 22.01.2026
Toshkentda “zakladka” bilan bog‘liq holat: katta miqdorda giyohvand moddalar musodara qilindi
11:56 / 25.12.2025
Toshkentda giyohvand moddalar savdosi uchun tashkil etilgan Telegram-bot fosh etildi
11:58 / 17.12.2025