Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo davlatlari giyohvand moddalarga qarshi kurashda birdamlik kuchaytiradi
Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (MOMAMM)ga a’zo davlatlar va xalqaro hamkorlar giyohvandlikka qarshi hamkorlikni mustahkamlash uchun Samarqandda yig‘ildi. Ma’lum qilinishicha, birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida 7,5 tonna narkotik musodara qilingan, 122 ta uyushgan jinoiy guruh rahbari qo‘lga olingan.
Tadbir “MOMAMM 2.0: Mintaqada xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda tashkilot salohiyatini oshirish” mavzusida tashkil etildi.
Yig‘ilishda ShHT, YeXHT, KHShT, MDH davlatlari kengashi, YeAG va GCC kabi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, AQSh, Germaniya, Belarus va Eron huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston tomoni Markaziy Osiyodagi joriy narkotik vaziyat va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Shuningdek, 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Milliy dastur ham taqdimot qilindi.
Yig‘ilish doirasida zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.

Tor doirada Muvofiqlashtiruvchi markaz kengashi a’zolari va mutaxassislari MOMAMMning institutsional salohiyatini yanada kuchaytirish, 2026 yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash va budjet masalalarini muhokama qilishdi. Tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish va samaradorlikni oshirish uchun yangi takliflar bildirildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda Markaziy Osiyoda narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar sezilarli darajada o‘sgan. Narkotiklar musodara qilingan hajm ortib, sintetik moddalar tez sur’atlarda tarqalmoqda. Bunday tendensiyalar mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash va transmilliy narkojinoyatchilikka qarshi sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

MOMAMM o‘z mandati doirasida giyohvandlik savdosiga qarshi qo‘shma xalqaro operatsiyalarni muvofiqlashtirish, transmilliy narkojinoyatchilik haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. 2025 yil sentabridan boshlab tashkilotga O‘zbekiston raislik qilmoqda.
Qayd etilishicha, markaz faoliyati davomida 80 dan ortiq qo‘shma operatsiyalarni muvofiqlashtirib, 7,5 tonnadan ortiq narkotiklarni musodara qilish, 62 tonnadan ortiq prekursorlarni noqonuniy aylanishdan to‘sish va 122 nafar uyushgan jinoiy guruh rahbarini qo‘lga olishga erishdi.

Shuningdek, sintetik narkotiklar xavfini kamaytirish uchun BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda mintaqaviy “erta ogohlantirish tizimi” yaratilmoqda. Bu tizim yangi tahdidlarni tezkor aniqlash va ularning tarqalishining oldini olish imkonini beradi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan anjuman Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash hamda narkotiklarga qarshi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam sifatida baholandi.


Mavzuga oid
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
10:18 / 25.05.2026
“Klassik kolonializm” – Rossiya nega MDHdagi tarix darsliklarini o‘zgartirmoqchi?
18:27 / 19.05.2026