23:27 / 05.11.2021
6861

Zafar Hoshimov tozalik xodimlari haqida: «Siz haqiqiy super qahramonlarsiz»

Foto: Zafar Hoshimov Telegram-kanali

Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov poytaxtda changli havo kuzatilayotgan bir vaqtda atrof-muhit, korxona va binolardagi tozalikni ta'minlovchi mehnatkashlar haqida o‘z kanalida post joyladi.

«Bugun men tozalik bo‘yicha menejyerlarimizning qahramonona mehnatini nishonlamoqchiman. Biz Korzinka'da binolar va hududlarni tozalash uchun mas'ul bo‘lgan texnik xodimlarni shunday ataymiz.

Ammo bu nafaqat bizning xodimlarimizga tegishli. Korxonalarda, idoralarda, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, chakana savdo, madaniy-maishiy obektlarda va boshqa muassasalarda o‘n minglab ajoyib mehnatkash insonlar mehnat qilmoqda, ularning fidokorona va ehtimol har doim ham munosib qayd etilmaydigan mashaqqatli mehnati tufayli biz har kuni o‘zimizni toza, qulay va xavfsiz his qilmoqdamiz.

Shu kunlarda ularning odatda kamtarona baholanadigan, lekin shu bilan birga hech bir darajada ahamiyati past bo‘lmagan mehnatlarisiz hayotimiz chidab bo‘lmas bo‘lar edi. Shu bilan birga, uylarimiz va kiraverishlarimizni, ko‘chalarimizni, bog‘ va maydonlarimizni tozalayotgan barchaga rahmat aytaman. Siz har kunimizning haqiqiy super qahramonisiz. Sizga katta rahmat!», deb yakunlagan postini tadbirkor.

Top