“O‘zbekgidroenergo” AJ: daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda
Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri - daraxt ekish hamda parvarishlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 2 noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgani, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi qayd etildi.

Bu borada, belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida 6-7 noyabr kunlari “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda tizim korxona va tashkilotlari xodimlari jamoasi dastlabki amaliy sa'y-harakatlarni jamoaviy birlikda, ko‘tarinki kayfiyatda boshladi.

Ma'lumki, Jamiyatimiz poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” MFY bilan amaliy hamkorlik doirasida mahalla hududida muntazam ravishda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini tashkil etadi.

O‘tgan dam olish kunlarida Jamiyat Ijro apparati rahbariyati hamda xodimlar jamoasi, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlar jamoalari bilan hamkorlikda ushbu mahallada manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish tadbiri hamjihatlikda tashkil qilindi.

Daraxt ko‘chatlarini ekish borasidagi o‘ziga xos aksiya doirasida Aviasozlar mahallasi hududi bo‘ylab 600 dan ortiq manzarali daraxt (qora archa, kashtan, suriya atirguli, hind nastarini va boshqalar) ko‘chatlari ekildi.

Ta'kidlash joizki, “dolzarb 40 kunlik” butun tizim bo‘ylab, jumladan Jamiyat tarkibidagi korxona va tashkilotlar, kaskad va GESlar hududlarida izchil amalga oshirilmoqda.
O‘zbekgidroenergo Axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi
Jamiyat | 19:55
-
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 19:46
-
Bu yilgi may oyi O‘zbekiston meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi - «O‘zgidromet»
O‘zbekiston | 19:19
Mavzuga oid

10:30 / 24.04.2025
“O‘zbekgidroenergo” AJda zamonaviy andozalarga mos Vaziyatlar markazi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi

13:38 / 28.03.2025
“Mulalak” GESi qurilishini Xitoy moliyalashtiradi” – “O‘zbekgidroenergo”

10:00 / 31.01.2025
Qashqadaryoda mahalliylashtirish doirasida yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

10:15 / 24.12.2024