15:03 / 08.11.2021
10921

Toliblar o‘nlab rahbarlik lavozimlariga tayinlovlarni amalga oshirdi

Harakatning 43 nafar vakili viloyat gubernatori, o‘rinbosari va mahalliy politsiya boshqarmasi rahbari lavozimlariga tayinlangan.

Foto: Kommersant

“Tolibon” harakati Afg‘oniston viloyatlaridagi 40dan ortiq rahbarlik lavozimlariga tayinlovlarni amalga oshirdi. Bu haqda Ariana News telekanali xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, harakatning 43 nafar vakili viloyat gubernatori, o‘rinbosari va mahalliy politsiya boshqarmasi rahbari lavozimlariga tayinlangan. Kobul viloyatiga Qori Baryol gubernator etib tayinlangan. Vali Jon Hamza Kobul politsiya boshqarmasi rahbari bo‘lgan.

“Tolibon” jami 17 viloyatga yangi gubernatorlarni tayinlagan. O‘nta viloyatda politsiyaning yangi rahbarlari o‘z lavozimlarini egallagan.

Tayinlovlar “Tolibon” yetakchisi Haybatulla Oxundzodaning farmoni bilan amalga oshirilgan.

Top