10:01 / 10.11.2021
14098
NASA Oyga parvoz sanasini o‘zgartirdi

AQSh Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish bo‘yicha milliy boshqarmasi Oyga parvoz va qo‘nish sanasini 2025 yilga ko‘chirdi.

Foto: Getty Images

NASA ma'muri Bill Nelson buni Jyeff Bezos tomonidan Blue Origin da'vosi tufayli Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Oyga qo‘nish modulini ishlab chiqish bo‘yicha shartnomaga vaqt yo‘qotilgani bilan bog‘ladi, deya yozmoqda CNBC.

Bundan tashqari, parvoz muddati o‘zgartirilishiga texnik murakkabliklar ham ta'sir o‘tkazdi. 2017 yilda sobiq prezident Donald Tramp administratsiyasi 2024 yilni astronavtlarning Oyga qo‘nishi sanasi deb belgilagan edi. Bungacha mazkur jarayon 2028 yilga rejalashtirilayotgandi.

Blue Origin kompaniyasi NASA’ning Oyga yangi missiyasi uchun qo‘nish modulini loyihalash bo‘yicha SpaceX’ning tanlanishiga qarshi chiqishga harakat qildi. Jyeff Bezos kompaniyasi ham Dynetics mudofaa pudratchisi sifatida  bu vazifani bajarishga da'vogar edi.

Har ikki kompaniya bu qaror bo‘yicha AQSh Hisob palatasida e'tiroz bildirgan. Biroq palata shikoyatlarni rad etgan. Shundan keyin Blue Origin sudga murojaat qilgandi.

 

Mavzuga oid
Top