21:37 / 16.11.2021
2887
Google Avstraliyaga 740 million dollar ajratishga qaror qildi

Avvalroq Avstraliya Google va Facebook servislarida joylashtirilgan xabarlar uchun ular mediakompaniyalarga pul to‘lashini ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qilgandi. 

Foto: Getty Images

Google Avstraliyada besh yil davomida 740 million dollar mablag‘ sarflaydi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarga ko‘ra, Alphabet Inc kompaniyasi bulutli infratuzilmani kengaytirish, avstraliyalik tadqiqotchilar va muhandislar ishtirokida tadqiqot markazi tashkil etish va ilmiy-amaliy tadqiqotlar davlat birlashmasi bilan hamkorlik qilishini bildirgan. 

Avstraliyadagi Google boshqaruvchi direktori Mel Silva xarajatlar rejasi sezilarli texnologik resurslar va investitsiyalar olib kelishini ma'lum qildi.

O‘z navbatida, mamlakat bosh vaziri Skott Morrison bu rejani Avstraliya uchun "ishonch xohishi" deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya Google va Facebook servislarida joylashtirilgan xabarlar uchun ular mediakompaniyalarga pul to‘lashini ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qilgandi. 

Google bu qonun qabul qilinadigan bo‘lsa, Avstraliyada qidiruv servisini o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qilgandi.

Top