07:23 / 27.11.2021
12966
Bishkekda 15 yoshli o‘zbekistonlik qiz farzandli bo‘ldi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 15 yoshli qiz bolali bo‘ldi. Mahalliy «Kaktus Media» nashrining yozishicha, ko‘zi yorigan 15 yoshli qiz O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Nashrning so‘roviga javoban Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisi Raisa Asilbasheva bu ma'lumotni tasdiqlagan. Uning aytishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar holatni o‘rganishni boshlab yuborgan. «Onaga javob berildi, chaqaloq shifokorlar nazoratida qolgan», degan Asilbasheva.

Hozircha bu voqea haqida boshqa ma'lumot yo‘q. O‘zbekistondagi rasmiy idoralar ham hozircha ushbu holatga munosabat bildirmadi. Oldinroq Samarqandda 13 yoshli qizning homilador bo‘lib qolgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top