09:31 / 28.11.2021
10301

Toliblar Afg‘onistonda ocharchilik ular hokimiyat tepasiga kelishidan avval paydo bo‘lganini bildirdi

Mulla Muhammad Hasan Oxund “Tolibon” shakllantirgan hukumat inklyuziv va ayollar huquqini ta'minlovchi ekanligini aytdi.

Foto: Getty Images

“Tolibon” harakati mamlakatdagi oziq-ovqat inqirozi avvalgi rejim vaqtida paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. Bu haqda vaqtinchalik hukumat raisi mulla Muhammad Hasan Oxund ma'lum qildi.

“Afg‘oniston islom amirligi zimmasidagi barcha majburiyatlarni bajaradi, ammo hozir mamlakatda amirlik hokimiyati o‘rnatilguniga qadar paydo bo‘lgan ocharchilik va narxlar o‘sishiga duch kelganmiz. Yaqin vaqt ichida barcha muammolarni hal qilamiz. Biz afg‘onistonliklar hayoti va mulki xavfsizligini ta'minlaymiz”, — dedi u.

U shu bilan birga, “Tolibon” shakllantirgan hukumat inklyuziv va ayollar huquqini ta'minlovchi ekanligini aytdi.

“Ta'lim o‘g‘il bolalar uchun ham, qizlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Hozirda qizlarning islomiy me'yorlar asosida ta'lim olishiga mos keladigan sharoit yaratish ustida ish olib borilmoqda. Ayollar huquqi qaysi vaqtda ko‘proq hurmat qilingani borasida odamlar o‘zlari xulosa qilsin: avvalgi rahbariyat davridami yoki hozirmi? Avvalgi hukumat inklyuziv edimi yoki hozirgisimi? Odamlar to‘g‘ri xulosaga kelishi kerak”, — dedi vaqtinchalik hukumat raisi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top