07:29 / 30.11.2021
10101

Navoiy viloyatida oltin konlari bo‘lgan ikkita hudud auksionga qo‘yildi

Foto: E-auksion

Davlat geologiya qo‘mitasi oltin konlari bo‘lgan ikkita yangi maydonni onlayn-auksionga qo‘ydi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Ulardan biri — Bulutkon bo‘lib, Navoiy viloyati Uchquduq tumanida joylashgan. Oltin qazib olish litsenziyasining boshlang‘ich narxi 189,3 million so‘mni tashkil etadi.

Auksion 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, arizalar 26 dekabrga qadar qabul qilinadi. Auksion g‘oliblari 3 yil muddatga omonatdan foydalanish huquqi va tegishli litsenziyaga ega bo‘ladi.

Ikkinchi hudud Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi 1451 gektar maydonda joylashgan Kinir bo‘lib, geologik ruxsatnomaning boshlang‘ich narxi — 223 million so‘m. Tender savdolari 23 dekabrga belgilangan, arizalar 21 dekabrga qadar qabul qilinadi.

Auksionda ishtirok etish uchun elektron auksionga ariza topshirish va uchastkaning baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida garov to‘lash talab etiladi.

Top