Markaziy bank ölçovli oltin quymalarining kunlik sotuv narxlari haqidagi ma’lumotlarni yangilab borardi. Endilikda qimmatbaho metallni qaytarib sotib oliş narxlarini e’lon qilib boriş amaliyoti ham yölga qöyildi.

Narxlar quyma qadoğining holatiga qarab belgilanadi. 5 yanvar holatiga köra, barça oğirlikdagi quymalarni sotiş va qaytarib sotib oliş örtasidagi tafovut qadoği butun holatda 3,9 foiz, qadoği buzilgan holatda esa 4,9 foiz atrofida şakllanyapti.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning sotiş narxi 8 mln 735 ming sömni, uni qaytarib sotib oliş narxi qadoği but bölsa 8 mln 395 ming söm, qadoği buzilgan yoki texnik talablarga javob bermasa 8 mln 311 ming sömni taşkil etadi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Markaziy banki oltin va kumuşdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga çiqargan. 2020 yil noyabridan boşlab esa özbekistonliklarda jamğarmalarini quyma oltin şaklida saqlaş imkoniyati ham paydo böldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga çiqardi.

Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib çiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta körib çiqiladi. Şunga köra narxlar doimiy özgaruvçan xarakterga ega böladi.